Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla 5 milliard dollarlik aksiyalarini sotuvga chiqaradi
Tesla kompaniyasi rahbariyati 5 mlrd dollarlik aksiyalarni sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, gap aksiyalarning 5:1 nisbatda bo‘lish jarayoni natijasida sotilishi mumkin bo‘lgan aksiyalar haqida bormoqda. Kompaniya bir necha banklar bilan aksiyalarini birjada ikkilamchi joylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Tesla bir aksiyasi narxi 480 dollar va kapitallashuvi 455 mlrd dollar atrofida bo‘lgan hozirgi vaziyatda umumiy hisobda bozorda sekin-asta 5 mlrd dollarga yaqin aksiyasini joylashtiradi.
Bloomberg mutaxassislari hisob-kitoblariga ko‘ra, oxirgi 10 yil ichida Tesla o‘z aksiyalarini ikkilamchi joylashtirishdan 14 mlrd dollardan ko‘proq ishlab topgan. U oxirgi marta joriy fevralda 2 mlrd dollarlik aksiyasini sotgan. O‘sha vaqtda kompaniya aksiyalari narxi 700 dollar turgan, avgust oxirida esa ular birinchi marta 2 ming dollardan oshgan.
Mavzuga oid
07:48 / 24.05.2026
Toshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
18:31 / 25.04.2026
Tesla rulsiz va tepkisiz Cybercab avtomobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
08:10 / 09.04.2026
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
10:07 / 30.01.2026