O‘zbekiston | 09:03 / 05.09.2020
17660
2 daqiqa o‘qiladi

To‘yga ketayotgan avtomashina YTHga uchradi, 2 kishi vafot etdi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2020 yilning 4 sentabr kuni soat 07:00da 29 yoshli K.A. o‘z boshqaruvida bo‘lgan Toyota rusumli avtomashinani “Xorazm-Buxoro” A-380 yo‘li bo‘ylab boshqarib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u mazkur yo‘lning Romitan tumani hududidan o‘tgan 324-kilometriga yetganida to‘satdan avtomashina boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomon qismiga chiqib ketishi natijasida avtomashina ag‘darilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada, avtomashina haydovchisi K.A. va 33 yoshli yo‘lovchi S.M. hodisa joyida vafot etgan, salonda bo‘lgan ikkinchi yo‘lovchi, 36 yoshli Sh.R. og‘ir tan jarohati olib, tibbiyot muassasasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Tergov departamenti vafot etganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Shu bilan birga, fuqarolarimizdan yo‘llarda harakatlanish jarayonida yo‘l harakati qoidalariga qat'iy amal qilishlarini so‘raymiz, zero bir soniya e'tiborsizlik yoki qoidabuzarlik inson hayotiga zomin bo‘lishi mumkinligini unatmaylik!” - deyiladi ma'lumotda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid