Jahon | 09:15 / 06.09.2020
6381
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston va Xitoy chegaradagi mojaroni hal qilishga kelishib oldi

Hindiston va Xitoy Himoloydagi chegaraning bahsli qismida yuzaga kelgan keskinlikni bartaraf etishga kelishib oldi. Bunday qaror ikki davlat mudofaa vazirlarining uchrashuvi natijalariga ko‘ra qabul qilindi. 

Foto: AP

Tomonlar vaziyatni murakkablashtirishi mumkin bo‘lgan keyingi qadamlardan tiyilishga kelishib olgan.
 
Biroq xitoylik general Vey Fenxe yaqinda chegarada yuz bergan mojaro uchun javobgarlik to‘liq Hindiston zimmasida ekanini va Xitoy o‘z suvereniteti hamda hududini himoyalashda qat'iy ekanini aytgan.

Ikki davlat iyunda chegarada yuz bergan mojarodan keyin Himoloy tog‘larining g‘arbiy qismidan o‘tuvchi chegara bo‘ylab qo‘shimcha kuchlarni joylashtirgan. O‘shandagi mojaroda Hindistondan 20 harbiy halok bo‘lgan, Xitoy esa bu boradagi ma'lumotlarni oshkor qilmagan. 

Ikki davlat chegara patrullari 1993 yildan beri bir-biriga qarshi o‘qotar qurol qo‘llamay kelgan. Bu chegaradagi jangovar to‘qnashuvlarning oldini olish bo‘yicha kelishuvlarning bir qismi hisoblangan. Biroq iyundagi to‘qnashuvlardan keyin Hindiston armiyasi avvalgi kelishuvlarga boshqa amal qilmasligini aytgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid