Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qimmatbaho mashinadan tarvuz sotgan erkak jarimaga tortildi
Turk politsiyachilari Istanbulda dunyodagi eng qimmatbaho mashinalardan biri hisoblangan Lamborghini mashinasidan tarvuz sotgan erkakni 165 dollar jarimaga tortishdi. Bu haqda Hürriyet Daily News nashri xabar berdi.
Voqea 2 sentyabrda yuz bergan. Qimmatbaho sportkardan tarvuzlar sotilishi videosi internetda ommalashib ketgach, huquq-tartibot idoralari mashina egasini avtomobil raqami bo‘yicha izlashga tushib ketgan.
Ta'kidlanishicha, ushbu antiqa holat o‘tkinchi odamlar e'tiborini tortgan va tez orada tarvuz olish uchun turnaqator navbat yuzaga kelgan.
Aniqlanishicha, qidirilgan erkak eronlik bloger bo‘lib chiqqan. U tarvuz bilan savdo qilishini ijtimoiy tarmoqlar orqali efirga uzatgan. U tarvuzlarni kilosi uchun 5 turk lirasidan (67 sent) sotgan.
Bloger 3 sentyabrda ushlangan. Unga “transport vositasidan haydovchilik guvohnomasida ko‘rsatilmagan maqsadda foydalanish” ayblovi qo‘yilgan. Bloger jarimani to‘lab bergach qo‘yib yuborilgan, ammo 15 kunga guvohnomasidan mahrum etilgan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Turkiyada minilgan Lamborghini Aventador mashinasi 5 mln turk lirasi (672 ming dollar) atrofida turadi.
Mavzuga oid
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026