Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston «Armi – 2020» xalqaro armiya o‘yinlarida qator rekordlarni yangiladi
23 avgustdan 5 sentyabrgacha davom etgan «ArMI – 2020» xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari 30 dan ortiq davlatning 160 dan ziyod jamoasi qatorida 16 yo‘nalishda ishtirok etdi.
Markaziy harbiy okrugning “Forish” tog‘ poligonida o‘tgan “Harbiy- tibbiy estafeta” musobaqasida o‘zbekistonlik harbiylar o‘tgan yilgi rekordlarni bir necha bor yangiladilar. Xususan, erkaklar jamoasi 6 daqiqa 28,8 soniya ko‘rsatkich bilan rekord vaqtini 1 daqiqa 8 soniyaga yangiladi.
Sharqiy harbiy okrugi poligoni birinchi bor mezbonlik qilgan “Yo‘l patruli” musobaqasida ham o‘zbekistonliklarga teng keladigani topilmadi va respublika jamoamiz Rossiya va Belarusdan kelgan hamkasblarini ortda qoldirib, 1-o‘rinni egalladi.

Xalqaro armiya o‘yinlarining “Sodiq do‘st” musobaqasida 2017 yilda 3-o‘rinni, 2018 yilda 4-o‘rinni 2019 yilda 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston harbiy kinologlari joriy yilda 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Novosibirsk shahri yaqinidagi “Kolsovo” poligonida bo‘lib o‘tgan “Qo‘shin razvedkasi a'lochilari” musobaqasida O‘zbekiston jamoasi 2-o‘rinni egalladi.
“Elbrus halqasi” xalqaro musobaqasida ishtirokchi davlatlar harbiy xizmatchilari bir necha shartlarni o‘ta murakkab tog‘ sharoitida va kuchli bosim ostida bajardilar.



Vakillarimiz ushbu musobaqalarda 2017 va 2018 yilda 4- va 5-o‘rinlarni egallagan edi. 2019 yilda esa O‘zbekiston jamoasi shohsupaning ikkinchi pog‘onasini egalladi. Joriy yilda ham hamyurtlarimizga ikkinchi o‘rin nasib etdi.
VI Xalqaro armiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar ishtirok etgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha natijalari quyidagicha:
- “Sodiq do‘st”, “Yo‘l patruli”, “Harbiy-tibbiy estafeta” — 1-o‘rin;
- “Qo‘shin razvedkasi a'lochisi”, “Harbiy ralli”, “Otliq marafon”, “Elbrus halqasi”, “Xavfsiz marshrut”, “Artilleriya olovi ustasi”, “Qurolsoz usta”, “Merganlik marrasi” — 2-o‘rin;
- “Dala oshxonasi”, “Xavfsiz muhit”, “Avtozirhli tanktexnika ustasi” — 3-o‘rin.
O‘tgan yil O‘zbekiston harbiylari umumjamoa hisobida 32 mamlakat harbiylari o‘rtasida 5-o‘rinni egallagan bo‘lsa, bu yil 3-pog‘onaga ko‘tarildi.


