Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida katta miqdorda tabiiy gaz o‘g‘irlanish holatlari aniqlandi
Gaz ta'minoti korxonalariga yetkazilgan zarar miqdori 1 milliard 350 million so‘mdan ziyodni tashkil etdi.
"Hududgazta'minot" AJ tizimidagi "Hududgaz metrologiya" filiali, Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi vakillari bilan birgalikda Farg‘ona viloyatida ohak va boshqa turdagi qurilish materiallari, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarining (AYoQSh) tekshiruvi tashkil etildi.
"Hududgazta'minot" AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 10 kun davom etgan o‘rganishlar davomida viloyatdagi 15 ta ishlab chiqarish obektlarida qo‘pol qonunbuzarliklar va 1 million 353 ming kubometrdan ortiq gazni o‘g‘irlash hamda gazni hisobga olishdagi qonun buzilishlari bilan bog‘liq qator kamchiliklar aniqlandi.
Qayd etilishicha, gaz ta'minoti korxonalariga yetkazilgan zarar miqdori 1 milliard 350 million so‘mdan ziyodni tashkil etdi.
Qonunbuzarliklar bo‘yicha barcha materiallar huquqni muhofaza qilish idoralariga topshirildi. Boshqa holatlarni aniqlash bo‘yicha tekshiruvlar esa davom etmoqda. Belgilangan tartiblarni chetlab o‘tib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda ishtirok etgan "Hududgaz Farg‘ona" GTFning mansabdor shaxslariga nisbatan, "Hududgazta'minot" AJ rahbariyati tomonidan amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘riladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
17:20 / 07.01.2026
Farg‘onada o‘qituvchilarni tun-u kun navbatchilikka majburlagan topshiriq vazirlikdan tushgani ma’lum bo‘ldi
20:40 / 06.01.2026
Farg‘onada tadbirkorlarga nisbatan chiqarilgan noqonuniy ma’muriy qarorlar bekor qilindi
22:32 / 23.12.2025