Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada may oyidan beri rekord darajadagi kunlik kasallanish qayd etildi
Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni so‘nggi sutkada 1703 kishiga ko‘paydi. Bu esa 15 may kunidan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘shanda 1708 kishida koronavirus aniqlangan.
Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda oxirgi 24 soat ichida 103 mingdan ko‘proq test o‘tkazilgan, 1703 ta kasallanish holati aniqlangan.
Shu sababli Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an koronavirus tarqalishiga qarshi qo‘shimcha choralar kiritilishini e'lon qilgan.
“Mamlakatda koronavirusga chalinishlar soni o‘sib bormoqda. Shu sababli kafe va restoranlar yanada sinchkovroq tekshiriladi. Jamoat transportida tik turgan holda yurish taqiqlanadi”, deb ma'lum qilgan Erdo‘g‘an Anqaradagi matbuot anjumanda.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 281 mingdan oshib ketdi, infeksiyadan vafot etganlar soni 6730 nafarga yetdi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026