O‘zbekiston | 12:57 / 09.09.2020
28109
2 daqiqa o‘qiladi

Qator tumanlarda qo‘lda terilgan paxta uchun ustama to‘lanadi

Vazirlar Mahkamasining «2020 yil paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

O‘zA xabariga ko‘ra, qator tumanlarda qo‘lda terilgan har bir kilogramm paxta xomashyosi uchun tavsiya etilgan tarif stavkasiga davlat budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan 200 so‘mdan ustama haq to‘lanadi.

Ushbu tumanlar: 
 
Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining barcha tumanlari;

Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l, Qorao‘zak, Kegeyli, Qo‘ng‘irot, Taxtako‘pir, Xo‘jayli, Shumanay, Chimboy va Nukus tumanlari;

Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Mirishkor, Nishon, Kasbi, Qarshi tumanlari;

Surxondaryo viloyatining Qiziriq, Bandixon, Muzrabot va Sherobod tumanlari.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari ta'lim, sog‘liqni saqlash tashkilotlari va boshqa budjet tashkilotlari xodimlarini hamda ta'lim muassasalari o‘quvchilari va talabalarini paxta xomashyosi yig‘im-terimiga jalb qilish holatlarining oldini olish va bunga chek qo‘yish yuzasidan shaxsan mas'ul ekanliklari belgilab qo‘yildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid