Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda yuz bergan YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
2020 yilning 9 sentabr kuni soat taxminan 18:30da Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Xayrobod MFY hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘li “Toshkent-Samarqand” yo‘nalishining 997-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Lacetti rusumli avtomashina katta tezlikda harakatlanib, shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan boshqa bir Lacetti rusumli avtomashinaning chap yon tomoniga urilib, yo‘lni bo‘lib turgan beton to‘siqni buzib o‘tib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan Kia rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

Birlamchi ma'lumotlarga ko‘ra, katta tezlikda harakatlanib kelgan Lacetti avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan, avtomashinada bo‘lgan haydovchi va bir nafar yo‘lovchi hodisa joyida vafot etgan, qolgan 3 nafar yo‘lovchi tibbiy muassasasiga yotqizilgan, ikkinchi Lacetti rusumli avtomashina yo‘l chetida ag‘darilib ketgan, avtomashinada bo‘lgan haydovchi va yo‘lovchi tan jarohatlari olmagan, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelgan Kia yuk avtomashina haydovchisi ham tan jarohatlari olmagan.


Hodisa joyida tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Mavzuga oid
18:01 / 04.03.2026
Jizzaxda xususiy bog‘cha rahbari bolaga behayo video ko‘rsatib, buzuq harakatlar qildi. Tergov organi uni ochiqda qoldirgan
11:08 / 04.03.2026
Yo‘l bezoriligini targ‘ib qiluvchi akkauntlar bloklanadi - Rustam Jo‘rayev
09:20 / 04.03.2026
Qatarda 11 yoshli o‘zbekistonlik bola YTHda vafot etdi
10:06 / 01.03.2026