Jamiyat | 15:00 / 15.09.2020
3697
6 daqiqa o‘qiladi

Beeline Uzbekistan: VEON telekommunikatsion xoldingi «Raqamli Toshkent» dasturining faol ishtirokchisi

«Raqamli Toshkent» dasturi doirasida amalga oshirilgan yangi qo‘shma loyihalar VEON kompaniyalari guruhi Bosh ijrochi direktori, Unitel (Beeline SB) kuzatuv kengashi raisi Kaan Terzio‘g‘lu va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan bo‘lib o‘tgan videokonferensiya suhbatining diqqat markazida bo‘ldi. Shuningdek, tadbirda VEON kompaniyalari guruhining maslahatchisi Boris Tadich, Beeline kompaniyasi va poytaxt hokimligi ijrochi amaldorlari ham ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, bu ikkinchi uchrashuv bo‘lib, uning doirasida raqamli tizimlarni rivojlantirish, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida va boshqa sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yutuqlarini keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Birinchi muloqot shu yilning mart oyida Toshkentda, xolding direktorlar kengashining hamraisi Kaan Terzio‘g‘lu boshchiligidagi VEON kompaniyalar guruhi delegatsiyasining O‘zbekistonga ish safari paytida bo‘lib o‘tgan edi. U o‘sha uchrashuvda shuni ta'kidladiki, VEON eng yaxshi, samarali va sinovdan o‘tgan resurslarga, shuningdek, davlat xizmatlari dasturlari, xavfsiz shaharlar, transport harakatini boshqarish, katta ma'lumotlar va boshqa sohalar uchun uskunalarga ega bo‘lib, ularni Toshkent shahri ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda olib kirish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha hamkorlikni taklif etgan. Shuningdek, poytaxtda raqamli kabel infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya rejalari ham e'lon qilingan edi.

Bu safar onlayn uchrashuv doirasida xizmatlar va servislarni raqamlashtirish bo‘yicha aniq loyihalarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kaan Terzio‘g‘lu va Boris Tadich bu yo‘nalishda O‘zbekiston poytaxtida o‘tkazilgan tadbirlar natijalaridan mamnunliklarini izhor etdilar, bu ularning fikriga ko‘ra shaharni yanada rivojlantirish uchun juda muhimdir.

Terzio‘g‘lu amalga oshirilgan ishlar haqida, xususan, o‘tkazilgan geodemografik tahlil va shahar transportining tahlili, ijtimoiy va qo‘shma infratuzilma loyihalari haqida so‘zlab berdi. U mobil aloqa va mobil tijorat orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida tayyorlangan takliflarni batafsil taqdim etdi. Kaan Terzio‘g‘lyning so‘zlariga ko‘ra, davlat xizmatlarining mobil ilovalari davlat xizmatlarining faol rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Suhbat davomida shahar binolarning tomlariga turli uyali aloqa kompaniyalarining aloqa uzatgichlarini o‘rnatishdan asta-sekin voz kechayotgani, poytaxt rivojlanishining me'moriy konsepsiyasiga javob beradigan maxsus yechimlarga yo‘l ochilayotgani alohida ta'kidlandi.

Jahongir Ortiqxo‘jayev VEON kompaniyalari guruhi rahbariyatiga va eng yirik telekommunikatsion sarmoyador Unitel MChJga (O‘zbekistondagi Beeline SB) Toshkentning rivojlanishiga ko‘mak berishda qiziqishi uchun minnatdorchilik bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtni raqamlashtirishning yuqori darajasi shahar hokimiyatining dolzarb vazifalaridan biridir. Shu sababli yaqinda hokimning axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etilgan bo‘lib, bu boradagi ishlar qizg‘in davom etmoqda. Shuningdek, u «Raqamli Toshkent» dasturini to‘liq va sifatli amalga oshirish uchun shahar hokimligi yonida Vaziyat markazi joylashgan alohida bino qurilayotgani haqida xabar berdi. Markaz o‘z ishini shu yilning oxirigacha boshlashi rejalashtirilgan.  

Hamkorlik masalalari atroflicha muhokama qilingandan so‘ng, Toshkent shahar hokimi raqamlashtirish jarayoni tez va sifatli amalga oshirilishi kerakligini ta'kidladi va shu bilan birga chet ellik hamkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

O‘z navbatida Kaan Terzio‘g‘lu bo‘lib o‘tayotgan o‘zgarishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish uchun yana bir bor Toshkentga tashrif buyurishga, «Raqamli Toshkent» dasturi doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda va «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqishda faol ishtirokchiga aylanishga, VEON kompaniyalar guruhining butun O‘zbekiston bo‘ylab raqamli mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda xalqaro tajribasini qo‘llashga va'da berdi.

Loyihalarni amalga oshirishni joriy yilda boshlash rejalashtirilgan.


Unitel MChJ Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida 2006 yilning 12 sentabr kunidan boshlab xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Beeline Uzbekistan shtab-kvartirasi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsion xoldingi tarkibiga kiradi. VEON – bu 10 ta mamlakatda 210 milliondan ortiq abonentlarga ega bo‘lgan va NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatdan o‘tgan global telekommunikatsiya va internet xizmatlari provayderidir.

Bugungi kunda Beeline Uzbekistan'da 1700 dan ziyod xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,2 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritgan. Beeline savdo belgisining O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1,8 milliard dollardan ortiq miqdordagi soliqlar to‘langan.

Beeline aloqa operatorining tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘limi

Mavzuga oid