Beeline Uzbekistan “Beeline Academy” loyihasi uçun “Xayrli işlar” nominatsiyasida nufuzli EMBRAS World mukofotini qölga kiritdi. Akademiya bir yil avval raqamli operator hamda Tashkent International University of Education (TIUE) negizida va hamkorligida oçilgan edi. Beeline Academy — Özbekistonning iste’dodli yoşlari, öqituvçilari va boşqa IT mutaxassislariga axborot texnologiyalari hamda kiberxavfsizlik sohasida onlayn va oflayn treninglardan foydalanişda yordam beradi.
“Beeline Academy” loyihasi Beeline Uzbekistan'ning mamlakatda IT-sohasini rivojlantirişga kiritgan navbatdagi sarmoyasi böldi. 2024 yilda Toşkent şahridagi turli umumta’lim maktablarining 110 nafar axborot texnologiyalari va professional IT ta’lim yönalişi öqituvçilari Python dasturlaş könikmalariga ega böldi, şuningdek, 3D grafika vositalarini özlaştirdi va Frontend dasturi asoslari bilan tanişdi. Uşbu malaka oşiriş kurslarida esa TIUE öqituvçilari dars ötişdi. Dasturda iştirok etib, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan barça öqituvçilarga maxsus sertifikatlar topşirildi.
“Bizning Beeline Academy loyihamiz mentorlar va yoş mutaxassislarga axborot texnologiyalarining turli yönalişlari — dasturlaşdan tortib, kiberxavfsizlikkaça mutaxassislarni tayyorlaş böyiça eng zamonaviy bilim hamda könikmalarga ega bölişda yordam beradi. Biz, HR hamjamiyati va professional uyuşmalar tomonidan iste’dodlarni jalb qiliş böyiça eng yaxşi mutaxassislar e’tirof etilganini juda qadrlaymiz”, — deydi Beeline Uzbekistan'ning xodimlar bilan işlaş va taşkiliy rivojlaniş böyiça direktori Sofiya Gaynutdinova.

“Bu biz uçun Özbekistonni Markaziy Osiyoning IT-xabiga aylantiriş yölida IT-ta’lim darajasini oşiriş va mutaxassislar tayyorlaşga qaratilgan muhim dastur hisoblanadi. Biz, bundan keyin ham ijtimoiy dasturlarimizni rivojlantirib boramiz. Tez orada esa Beeline Academy'dagi malaka oşiriş kurslari uçun öqituvçilarni saralaş bosqiçi e’lon qilinadi”, — dedi Beeline Uzbekistan'ning ESG va SCR loyihalari böyiça katta menejeri Şahlo Usmonova.
2023 yilda Beeline Academy işga tuşirilganda, Beeline Uzbekistan IT sohasidagi ta’limni ommalaştirişga va rivojlantirişga qaratilgan uşbu loyiha uçun 150 ming dollar sarmoya kiritgan edi. Universitet bilan hamkorlik esa IT-mutaxassislarini tayyorlaş böyiça tizimli platforma yaratiş imkonini berdi. TIUE bazasi ikkita zamonaviy kompyuter laboratoriyasi va noyob interaktiv videostudiya bilan jihozlandi. Unda talabalar va öqituvçilar virtual video ma’ruzalar olib borişadi, vebinarlar hamda videokonferensiyalar ötkazişadi, şuningdek, interaktiv darslar uçun yuqori sifatli video kontent tayyorlaşadi. 2023–2024 yillarda Beeline Academy'ning 50 nafar tinglovçisi yangi boşlovçilar uçun ham, professional mahoratini yuqori darajaga kötarmoqçi bölganlar uçun ham möljallangan kiberxavfsizlik böyiça kurslarni tamomlaşdi.












