Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seoul Mun: muvaffaqiyatli biznes uchun 5 toifadagi joylar
Dream City kompaniyasi Seoul Mun savdo maskanining o‘ziga xosligi va funksional qulayliklari bilan tanishtirishda davom etadi. Eslatib o‘tamiz Seoul Mun (“Seul darvozasi”) – bu Toshkent markazi Bo‘rijar kanali bo‘yidagi dam olish va biznesni rivojlantirish, bo‘sh vaqt va dam olishni unumli tashkillashtirish uchun o‘zgacha maskan. Kanal qirg‘og‘idagi uch pog‘onadagi terrasalar turli xil savdo maydonlari uchun mo‘ljallangan.

Tadbirkorlar e'tiboriga 5ta asosiy turdagi joylar taklif etiladi:
- Umumiy ovqatlanishning kichik turi (food & beverage light) – ushbu binolarda tez ovqatlanish joylari, kichik kafelar, tamaddixona, qandolat mahsulotlari tanovul qilish joylari, qahvaxonalar, gastro butiklar va boshqalarni joylashtirishni nazarda tutadi. Bunday turdagi maydonlar hududi 62 dan 180 kvadrat metrgacha bo‘ladi.
- O‘rta va yirik turdagi ovqatlanish nuqtalari (food & beverage heavy) – katta restoranlar, yirik tarmoqli kafelar uchun mo‘ljallangan. Bu turdagi maskanlarda kanal manzarasi ko‘zga tashlanadigan terrasalar uchun 89 dan 154 kvadrat metr maydongacha joy ajratilgan. Shuningdek, bu joydan yirik go‘zallik saloni, kimyoviy tozalash, moliyaviy ofis binosi, vakolatxonalar va boshqalar o‘rnida ham foydalanish mumkin.
- Universal savdo nuqtalari (line store) – bu turdagi joylar maydoni 18 dan 188 kvadrat metrni tashkil etib turli xil savdo zonalariga mo‘ljallangan. Undan butik, shou-rum, kosmetika va parfyumeriya do‘konlari, elektronika hamda uy uchun mahsulotlar, rivojlangan xizmat ko‘rsatish va boshqalarda sifatida ishlatish mumkin.
- Yirik do‘konlar (anchor store) – bu chakana savdoning eng katta formati. Odatda bunday do‘konlarga odamlarning asosiy qismi tashrif buyuradi. Savdo joylari 248 dan 312 kvadrat metrgacha yetadi. U ulkan univermag, oziq-ovqat do‘konlari hamda chakana savdo markazlariga xizmat qiladi.
- Dam olish nuqtalari (leisure) – bu toifadagi maydonlar ko‘ngilochar va dam olish joylari uchun tavsiya etiladi: o‘yin maydonchalari, bouling, o‘yin avtomatlari va bolalar maydonchalari tashkil qilinib ularning maydoni 13 dan 289 kvadrat maydongacha yetadi.

Seoul Mun 31.000 kvadrat metr maydondan keng joyda, suv bo‘yidagi ko‘kalamzor hududda sifatli xarid, dam olish va ko‘ngil ochishni yangi darajasini taklif etadi. Tanlangan makon va biznes turidan qat'iy nazar, Seoul Munga tashrif buyurgan barcha mijozlar va mehmonlar ushbu afsonaviy joyda kafolatlangan betakror muhitdan bahramand bo‘lishadi.

Seoul Mun janubiy-g‘arbiy sohilidagi binolarni sotish boshlandi. Kompaniya ofisida siz bu maskanning ixcham modeli misolida loyihaning barcha xususiyatlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Sotuv ofisi dam olish kunlarisiz 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.
Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.
Sayt: www.seoulmun.uz
Telegram: www.t.me/dreamcityuz
Facebook: www.fb.com/dreamcity.uz
Instagram: @dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 22.08.2025
Seoul Mun majmuasida 17 yoshli yigit kanalga cho‘kib ketdi
10:41 / 11.07.2025
Seoul Mun'da joylashgan ovqatlanish maskanida yong‘in ro‘y berdi
09:00 / 14.06.2021
Seoul Mun – tijorat markazidagi universal savdo nuqtalari!
09:26 / 09.06.2021