O‘zbekiston | 13:56 / 18.09.2020
8016
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hay'ati tarkibi tasdiqlandi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hay'ati a'zolari soni 9 nafardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hay'ati a'zolari tarkibini tasdiqlash  to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga asosan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hay'ati a'zolari soni 9 nafardan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yildi hamda vazirlik hay'ati tarkibi tasdiqlandi.

Ular:

1. Rahmat Mamatov - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri;
2. Gulnora Ma'rufova - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari;
3. Azizbek Ikromov - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi;
4. Sodiqjon Turdiyev - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari;
5. Botir Parpiyev - mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri o‘rinbosari;
6. Elmurod Qarshiyev - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Tashkiliy-nazorat va axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i;
7. Nodira Egamberdiyeva - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori;
8. Sag‘indiq Turmanov - Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri;
9. Nazira Muxtorova - Jizzax viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i.

Mavzuga oid