Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Muammo tug‘diradi deya haqiqiy muhtojlarni ijtimoiy himoya daftarlaridan tushirib qoldirish holatlari bor» - vazirlik mulozimi
16 sentabr kuni Milliy matbuot markazida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mutasaddilari ishtirokida aholi murojaatlari bilan ishlash masalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.
Tadbirda aytilishicha, 2021 yilning shu davriga qadar vazirlikka jismoniy va yuridik shaxslardan jami 59 ming 960 ta murojaat kelib tushgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 baravarga kam.
Vazirlikka yuborilayotgan murojaatlarning katta qismi Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Matbuot anjumani davomida jurnalistlar mahalliy rahbarlar tumanning «qizil» va «sariq» hududga kirib qolmasligi uchun «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga ro‘yxatga olishda ayrim hollarda haqiqiy muhtojlar murojaatini e'tiborsiz qoldirayotgani borasida ham savol berdi.

«Men bu tartibni xalqaro darajada ham o‘rganib chiqqanman. Haqiqatan «qizil», «sariq» va «yashil» toifaga kirgan hududlar uchun alohida qarorlar qabul qilinadi. Bunda bir toifadagi tuman uchun chiqarilgan qaror ikkinchi tumanga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.
Bu borada bizda hali kamchiliklar bor, buni tan olaman. O‘zim ham yoz oylarida Surxondaryoning Denov tumanida o‘rganish o‘tkazdim. U yerda ko‘rdimki, mahalla raislari aholisi tomonidan qilingan murojaatlarni ariza tarzida rahbarlarga olib keladi. Men o‘sha joyda shunday holatni ko‘rdimki, ayrim mas'ullar buni kiriting, buni kiritmang deya ro‘yxatlarni saralab chiqishadi.
Bu jarayonda haqiqatan ham odam ko‘payib ketmasin, o‘zimizga muammo olib keladi degan gaplar bo‘ladi. Shuning uchun ham men o‘sha joyda ko‘proq muddat qolib ishladim.
Siz aytgandek, o‘zi kichik ko‘ringan, lekin katta muammolarga olib kelayotgan masalalar bor va ularni nazoratga olishga harakat qilyapmiz», – dedi vazirlik boshqarma boshlig‘i Dilorom Qo‘ziyeva.
Mavzuga oid
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
18:46 / 17.04.2026
Voyaga yetmagan guvoh va jabrlanuvchining qonuniy vakili instituti joriy etiladi
18:30 / 17.04.2026
Ruhiy holatida buzilish bo‘lgan nogironlarga ijtimoiy xizmat tizimi takomillashtiriladi
21:24 / 17.02.2026