Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Imomali Rahmon bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston Respublikasi prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi.
O‘zbekiston hukumati rahbari Tojikiston prezidentiga qabul uchun minnatdorlik izhor etib, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va tilaklarini yetkazgan.
Imomali Rahmon, o‘z navbatida, O‘zbekiston rahbari nomiga o‘zining salomi va ezgu tilaklarini bildirib, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda hukumatlararo komissiya faoliyati muhim o‘rin tutayotganini ta'kidladi.
«Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi hamda boshqa yetakchi sohalardagi hamkorlik yildan yilga rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Xususan, birgina O‘zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, sentabr oyining o‘zida Dushanbe shahrida taniqli olimlar, tadqiqotchilar va yetakchi ekspertlar ishtirokida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. O‘zbekiston – Tojikiston parlamentlararo hamkorlik guruhlari ishchi yig‘ilishi o‘tkazildi. So‘g‘d viloyatining Spitamen tumanida O‘zbekiston tomonidan 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan umumiy o‘rta ta'lim maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi», deyiladi O‘zA xabarida.
Ushbu qator sohalarni qamrab olgan tadbirlar o‘zaro aloqalarni mazmunan yanada boyitgani qayd etilgan.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.
Mavzuga oid
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
15:27 / 27.03.2026