Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon «ekspertlar tahliliga» tayanib, joriy yilda oziq-ovqat narxlari misli körilmagan darajada ösişini aytdi. Bunga «sönggi paytlarda dunyoda röy berayotgan voqealar, iqlim özgarişlari va ularning salbiy oqibatlari» sabab bölmoqda, dedi u.
Tojikiston yetakçisi oziq-ovqat mahsulotlari narxining oşişini hisobga olib, fermerlarni bahorning har bir qulay kunidan unumli foydalanib, iste’mol bozorini tovarlar bilan töldiriş va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş uçun sa’y-harakat qilişga çaqirdi.
«Suvdan va har bir qariç yerdan oqilona foydalaniş milliy iqtisodiyotning rivojlanişi, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi va xalqning munosib hayotini ta’minlaşning muhim şartidir», deb ta’kidladi Rahmon.








