Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
Ikki davlat rahbarlari Buxoro viloyatidagi “Merganteks” paxta-to‘qimachilik klasteri tarkibidagi “Nigora” fabrikasini ko‘zdan kechirdi.
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida O‘zbekiston yengil sanoatining imkoniyatlari bilan tanishdi.
Davlat rahbarlari Buxoro viloyatidagi “Merganteks” paxta-to‘qimachilik klasteri tarkibidagi “Nigora” fabrikasiga tashrif buyurdi. Qiymati 35 million dollarlik loyiha doirasida tashkil etilgan fabrika paxta xomashyosini qayta ishlashdan tortib, tayyor mato va kiyim-kechak tayyorlashgacha bo‘lgan uzluksiz ishlab chiqarish zanjirini yo‘lga qo‘ygan.
“Shoyigul” savdo belgisi ostida ishlab chiqarilayotgan tikuv-trikotaj va tayyor kiyim mahsulotlari asosan Yevropa mamlakatlariga, xususan, Italiya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Germaniyaga eksport qilinmoqda. Bu yerda 840 ta ish o‘rni yaratilgan.

Oliy martabali mehmonlar korxonaning shou-rumini va tayyor mahsulotlar namoyishini ko‘zdan kechirdi.
Tadbir yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev Buxoro xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni kuzatib qo‘ydi.
Shu bilan davlat rahbari Buxoroga safarini yakunlab, Toshkentga qaytdi. Imomali Rahmon Tojikistonga yo‘l oldi.
Mavzuga oid
09:41 / 23.05.2026
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga ko‘proq bormoqda?
22:36 / 21.05.2026
Tojikiston va O‘zbekiston chegara hududlarida mobil aloqani yaxshilaydi
20:09 / 21.05.2026
BMT Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston tayyorlagan rezolyutsiyani qabul qildi
17:51 / 13.05.2026