O‘zbekiston | 12:01 / 07.10.2020
4082
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent tumanining ayrim hududlarida ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

2020 yil 7 oktyabrdan 2020 yil 27 oktabr kuniga qadar Bo‘zsuv derivatsiya kanalida suv to‘xtaydi hamda “Toshkent Suv ta'minoti” MChJ “Qodiriya” markaziy suv inshootida ichimlik suvi ishlab chiqarish ishlari 20 kun muddatga to‘xtatiladi.

Toshkent tumani hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu vaqt davomida Toshkent tumanining ichimlik suvi ta'minoti “Toshkent Suv ta'minoti” MChJ tuman bo‘limi tomonidan ta'minlanadigan 24ta mahalla hududlarida, jumladan, Ayri ota, Avliyo ota, Ahillik, Bog‘bon, G‘ishtko‘prik, Darxon, Ibrat, Qashqarlik, Kensoy, Qirariq, Qorasaroy, Ko‘kterak, Quruvchi, Mustaqillik, Rahbarobod, Oydin hayot, Sag‘bon, Sanoat, Sarke, Sirg‘ali, Tinchlik va Uchsada mahallalari aholisining ichimlik suvi ta'minoti 2020 yil 7 oktyabrdan 2020 yil 27 oktabr kuniga qadar to‘liq yoki qisman to‘xtatiladi.

Ayni vaqtda tuman hokimligi, “Toshkent Suv ta'minoti” MChJ tuman bo‘limi tomonidan ichimlik suvi to‘xtatiladigan aholi yashash punktlarini Toshkent shahar ichimlik suvi tarmog‘idan toza ichimlik suvi bilan ta'minlash hamda maxsus transportlar yordamida jadval asosida ichimlik suv yetkazib berish choralari ko‘rilmoqda.

Tuman aholisidan ushbu davr mobaynida iste'mol qilish uchun toza ichimlik suvi zaxirasini yaratish so‘ralgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid