«O‘rta maxsus bilim yurtlarida kvotalarni oshirishni taklif qilaman» – Zoyir Mirzayev
8 oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash masalasida videoselektor o‘tkazildi. Unda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga ham so‘z berildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Juda ko‘pchilik yoshlar oliy o‘quv yurtiga kira olmaydi va hujjatlarini o‘rta maxsus bilim yurtlariga topshiradilar. Ammo ularda ham qabul kvotalari cheklangan. Bugungi yig‘ilishdagi masala, ya'ni yoshlar masalasi juda muhimligini hisobga olib, bunday bilim yurtlarda qabul kvotalarini oshirishni taklif qilaman.
Shuningdek, «Vatanparvar» tashkiloti imkoniyatidan ham kengroq foydalanish lozim. Barcha tumanlardagi ishlarni o‘rganish, bo‘limlari bo‘lmagan tumanlarda ijaraga bepul binolar taqdim etib ochish kerak», – dedi Qashqadaryo hokimi.
Zoyir Mirzayevning aytishicha, Qashqadaryo viloyatida yoshlar va ayollar ishlari bo‘yicha Qarshi shahri va G‘uzor tumani namuna sifatida tanlab olingan.
«Ertadanoq ishchi guruhi tuzilib, bevosita bu hududlarga borib ishlaydi», – dedi u.
Prezident Qashqadaryo viloyati hokimi taklifini qo‘llab quvvatladi.
«Qabul kvotalari bo‘yicha taklif juda ma'qul. Buning uchun Toshkentdan ruxsat kutib o‘tirmay, hokim qarori bilan ish ko‘raveringlar.
«Vatanparvar» tashkilotini ham kengroq ishlatish kerak. Zarur bo‘lsa, kechki smenalarda o‘qishni tashkil qilinglar. Yoshlar kechqurun borib 2-3 soat kasb o‘rganib kelishsin. Bu tashkilot haydovchilik guvohnomasi beradi, traktorchilik, kranchilik kabi kasblarga o‘rgatadi. Yoshlar aniq kasb egasi bo‘lishadi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
10:30 / 21.09.2024
USAID O‘zbekistonda ta’limni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratdi
10:40 / 13.09.2024
Qatar o‘zbekistonlik talabalar uchun ta’lim grantlari sonini ko‘paytirishi mumkin
19:16 / 11.09.2024
Har bir kambag‘al oilaning kamida bir a’zosi oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi
21:41 / 06.09.2024