Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayrutda yana portlash yuz berdi
Bayrutning g‘arbida joylashgan Tariq-al-Jadid mavzesida mazut solingan rezervuar portladi. Buning oqibatida kuchli yong‘in chiqqan.
Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘in bilan kurash olib bormoqda. Livan armiyasi harbiylari va fuqarolik mudofaasi ko‘ngillilari yaqin oradagi uylardan odamlarni evakuatsiya qilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, shifoxonaga olib borilgan ko‘pchilik jabrlanuvchilar is gazidan zaharlangan.
Voqeaning sababi va tafsilotlari o‘rnatilmoqda.
Local media are reporting an explosion in Tarik Jdide, allegedly of a fuel tank at a bakery. #Beirut #Lebanon pic.twitter.com/mHjQzWFTT8
— Beirut.com (@BeirutCityGuide) October 9, 2020
Ta'kidlanishicha, sentyabrda Bayrutda kamida uchta yong‘in yuz bergan. Ulardan ikkitasi 4 avgustda kuchli portlash yuz bergan port hududida chiqqan. Avgustda bo‘lgan kuchli portlash shahar aholisi uchun haqiqiy fojiaga aylangandi. O‘shanda portlash zarbasi oqibatida minglab uylarga shikast yetgan, 193 kishi halok bo‘lgan, 6,5 ming kishi jarohat olgan, 300 mingdan ko‘proq odam boshpanasiz qolgan.
Mavzuga oid
17:16 / 01.06.2026
Maltadagi pirotexnika zavodida kuchli portlash ro‘y berdi
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
11:57 / 17.05.2026