O‘zbekiston | 14:21 / 12.10.2020
27812
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda havo haroratining biroz ko‘tarilishi kutilmoqda
O‘tgan haftada O‘zbekiston aholisi mintaqaga Ural hududidan kirgan sovuq oqim ta'sirini his qildi. Mamlakati hududining katta qismida harorat iqlimiy me'yorlardan 4-7 darajaga past bo‘ldi.
Bugun sovuq havo respublika hududidan chekina boshladi. Harorat kunduzi 19-22 darajagacha ko‘tarilsa-da, bu hali hamon me'yordan 2-3 darajaga pastdir.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi.
Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.
Harorat ko‘tarilib borib, kechasi 7-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja issiq bo‘ladi, bu iqlimiy me'yorlardan 2-4 darajaga yuqoridir.