Jahon | 21:37 / 23.10.2020
6296
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar binolarni sovituvchi bo‘yoq ishlab chiqishdi

AQShning Perdyu universiteti olimlari binolarni sovitishda mablag‘larni ancha tejashga imkon beruvchi bo‘yoq ishlab chiqishdi. 

Foto: Free-Photos

Yangi bo‘yoq o‘zi qoplangan sirtdan 95 foiz quyosh nurini qaytara oladi.

“Bunday bo‘yoq u bilan bo‘yalgan uyni sovitadi va shu tariqa uyni yozda sovitishga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Bunday uyda konditsionerni kamroq yoqishga to‘g‘ri keladi”, deb ta'kidlashmoqda olimlar.

Ularning aytishicha, bunday xossaga ega bo‘yoqlar avval ham taqdim etilgan, biroq ular quyosh nurlarini kamroq darajada qaytargan.

Bo‘yoq tarkibida nisbatan arzon va ultrabinafsha nurlarni kamroq yutuvchi kalsiy karbonatdan iborat to‘ldirgich va kalsiy karbonatning turli o‘lchamdagi zarralari bor. Bu zarralar quyosh nurini yaxshi qaytaradi va salqinlikni uzoq vaqt saqlaydi.

Olimlar yangi bo‘yoqni ikki kun davomida ochiq havoda sinovdan o‘tkazishgan va u bilan qoplangan material atrof-muhit haroratidan 1,7 daraja sovuqroq bo‘lganini aniqlashgan. Tungi vaqtda esa ushbu material atrof-muhit haroratidan 10 daraja sovuqroq bo‘lgan.

Mavzuga oid