“Kun sayin biz bu duşman haqida köproq narsa bilmoqdamiz. Içki xavfsizlik vazirligi olimlari virus özini turli harorat, iqlim, sirtlarda qanday tutişi haqida ma'ruza taqdim qilişdi. Agar biz tanani ultrafiolet yoki şunçaki kuçli nur ta'siriga uçratsak, agar siz nurni organizm içiga teri orqali yoki yana boşqa bir yöl bilan yetkaza olsangiz, bu virusni bir daqiqadayoq yöq qiladi”, deb aytgan Tramp. 

Oq uy rahbari AQŞ içki xavfsizlik vazirligining tadqiqotiga şu tariqa munosabat bildirgan. Tadqiqotga köra, koronavirus quyoş nuri va namlik ta'siridan öladi.

Amerikalik olimlar koronavirus iliq va nam iqlimga quruq va sovuq iqlimdan köra kamroq bardoşli ekanini aniqlaşgan.

“Tadqiqotning körsatişiça, virus quruq va sovuq muhitda yaxşiroq hamda iliq va nam muhitda yomonroq yaşay oladi”, deb ma'lum qilgan Tramp.

Vazirlik olimi Bill Brayant ma'lumotlariga köra, sölak tomçisidagi virusning sirtda 21-23 daraja harorat, 20 foiz namlik va quyoş nuri bölmaganda yarim parçalaniş davri 15 soatni, xuddi şu şaroitda, biroq namlik 80 foiz bölganda 6 soatni taşkil qiladi. Harorat 35 daraja va namlik 80 foiz bölganda bu davr 1 soatni, harorat 21-23 daraja, namlik 80 foiz va yozgi vaqtda 2 daqiqani taşkil qilar ekan.

Virus aerozol zarralarida bölgan holatda harorat 21-23 daraja, namlik 20 foiz va quyoş nuri bölmaganda uning yarim parçalaniş davri 60 daqiqani, şu şaroitlarda, biroq yozgi ob-havoda 1,5 daqiqani taşkil qiladi.

Avvalroq quyoş nurining koronavirusga ta'siri haqida Rossiya soğliqni saqlaş vaziri Mixail Muraşko ham gapirib ötgan. Uning ta'kidlaşiça, virus tarqalişi sekinlaşişi uçun quyoş nuri bilan birga, iliq harorat ham zarur böladi.