Jahon | 19:51 / 25.10.2020
4496
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada koronavirus sababli yana favqulodda holat e'lon qilindi  

Ispaniyada hukumat qarori bilan koronavirusga qarshi kurash chorasi sifatida favqulodda holat rejimi joriy qilindi.

Foto: EPA/Vostock-photo

Dastlab ushbu rejim 15 kun amal qiladi. Agar mamlakat parlamenti hukumat taklifini qo‘llab-quvvatlasa, rejim yana yarim yilga uzaytirilishi mumkin. 

Ushbu rejim bilan soat 23dan soat 6gacha komendantlik soati amal qilishi ko‘zda tutilgan, ijtimoiy aloqalarga cheklovlar kiritiladi, harakatlanish cheklanishi mumkin. Bundan tashqari, mahalliy hokimiyatlar komendantlik soati amal qilishi muddatini o‘zgartirishlari mumkin. 

Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash uchun Kanar orollarigina ushbu rejimdan istisno bo‘ladi.

Ispaniyada epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli ikkinchi marta favqulodda holat rejimi e'lon qilindi. Birinchi marta u 14 mart kunida kiritilgan va o‘shanda qat'iyroq choralar amal qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid