Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada favqulodda holat 2021 yil mayigacha uzaytirildi
Ispaniya parlamenti mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari ko‘payayotgani sababli hukumat kiritgan favqulodda holat rejimini 2021 yil 9 maygacha uzaytirishni qo‘llab-quvvatladi.
Deputatlar hukumatning favqulodda holatni uzaytirish taklifini qo‘llab-quvvatlashgan va bosh vazir Pedro Sanchesga har 2 oyda vaziyat bo‘yicha hisobot berish majburiyatini yuklashgan.
Bundan tashqari, favqulodda holatni 2021 yil 9 mart kuni qayta ko‘rib chiqib, uni bekor qilish imkoniyati ko‘zda tutilgan.
Ispaniyada favqulodda holat hukumat qarori bilan 25 oktyabrda dastlab 2 haftaga kiritilgandi. Shu bilan birga, uni parlament ma'qullovi bilan uzaytirish rejalashtirilgandi.
Ushbu rejim qat'iy karantin cheklovlarini kiritish uchun qabul qilingan. Jumladan, u bilan soat 23dan soat 6gacha komendantlik soati, ijtimoiy aloqalarga cheklovlar kiritilishi hamda harakatlanish cheklanishi ko‘zda tutilgan.
Ispaniyada favqulodda holat rejimi ikkinchi marta kiritilmoqda. Birinchi marta u 14 mart kuni kiritilgan va o‘shanda hozirgidan qat'iyroq cheklovlar amal qilgan.
Ispaniya Yevropaning kasallanish holatlari soni milliondan oshgan birinchi davlati bo‘ldi. Mamlakat bosh vazirining ta'kidlashicha, aslida kasallanish holatlari 3 marta ko‘proq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
19:38 / 22.06.2026
Yamal gol urdi va sajda qildi, Portugaliyada «Dallas seriali boshlandi»
15:15 / 16.06.2026
Afrikacha master-klass: Kabo-Verdedan nimalarni o‘rganish kerak?
09:01 / 25.05.2026
Ispaniyada uy-joy inqirozi: ijarachilar ko‘chalarga chiqdi
00:04 / 20.05.2026