O‘zbekiston | 09:33 / 30.10.2020
5503
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Boulevard Business Center – biznes klassdagi ofis joylari

Dream City kompaniyasi Boulevard biznes-markazi yuqori klassdagi joylarining ustunliklari haqida ma'lum qildi.

Ofis joylashuvi kompaniya imijini ajralmas bir qismi hisoblanadi. Boulevard biznes-markazi poytaxtning qoq markazida Tashkent City Xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida joylashgan. Asosiy avtomobil yo‘llariga tutash joyda joylashganligi sabab bir necha daqiqalar ichida shaharning istalgan joyiga yetib olish mumkin.

Boulevard biznes-markazi – bu 4000 kvadrat metr maydonga ega zamonaviy, puxta loyihalangan savdo va ofis joylari. Biznes-markaz ikki qavatli futuristik me'moriy konsepsiyaga ega. Bino o‘ziga xos tashqi ko‘rinishi bilan bu kabi loyihalardan ajralib turadi.

16 ta ofis joyi biznes-markazning ikkinchi qavatida joylashgan. Alohida kirish joyi pastki qavatdagi savdo zonasiga tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratadi. 75 dan 159 kvadrat metrgacha maydonga ega ofislardan alohida xona va keng ochiq maydon (open-space) sifatida foydalanish imkonini beradi. Ikkinchi qavatdagi binolarning shift balandligi 5 metr bo‘lib, bu esa joyda ko‘proq yorug‘lik va havo bo‘lishini ta'minlaydi. Ofis binolari ta'mirlangan holda sotuvga qo‘yilgan, bu esa, shubhasiz, xarajatlarni kamaytiradi va ko‘chib o‘tish uchun vaqtni tejaydi.

Boulevard Business Center hududida qo‘riqlanadigan yerosti avtoturargohi mavjud bo‘lib, u bu yerdagi xodimlar, shuningdek, mijozlar va sheriklarni avtomobillarini qo‘yish uchun joy topish muammolaridan xalos qiladi. Boulevard Business Center yuqori toifadagi biznes maydoniga qo‘yiladigan barcha talablarga javob beradi: binolar markaziy shamollatish va iqlim nazorati tizimi, zamonaviy muhandislik tizimlari va xavfsizlikning yaxlit tizimi bilan jihozlangan.

Boulevard Business Centerda ofis joylarini xarid qilib, uning egalari o‘zlarining obro‘siga sarmoya kiritadilar va tijorat ko‘chmas mulkiga bo‘lgan qiziqishning ortib borishi hisobga olinsa, bu joylarga kelajakda foydali ijara taklifi bo‘ladi.

Nufuzli manzil – Tashkent City'dagi Boulevard Business Center'da o‘z joyingizga ega bo‘lish imkoniyatini boy bermang!

Yagona ma'lumot markazi: +99871-202-22-22

Sotuv ofisi dam olish kunlarisiz 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: www.t.me/dreamcityuz

Facebook: www.fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid