Sport | 07:42 / 08.11.2020
2101
1 daqiqa o‘qiladi

Bundesliga. «Bavariya» Dortmundda «Borussiya»ni mag‘lub etib, yakkapeshqadamga aylandi 

Germaniya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan markaziy bahsda «Bavariya» safarda «Borussiya» D ustidan g‘alabaga erishdi. Roys va Holandning goliga myunxenliklardan Alaba, Levandovski hamda Sane javob berishdi.

Foto: Getty Images

«Bavariya» g‘alabadan so‘ng ochkolarini 18taga yetkazib, yakkapeshqadamga aylandi. 15 ochkoga ega «Borussiya» esa 3-pog‘onaga tushdi.

Bundesliga, 7-tur
Borussiya D – Bavariya 2:3

7 noyabr, «Signal Iduna Park»
Gollar: Roys (45), Holand (83) – Alaba (45+4), Levandovski (48), Sane (80).
Borussiya D – Byurki, Myone, Hummels, Akanji, Gerreyru, Sancho (Brandt, 69), Dileyni (Bellinhem, 60), Vitsel, Reyna (Azar, 69), Roys, Holand. 

Bavariya – Noyyer, Boateng (Xavi Martines, 69), Ernandes, Alaba, Sarr, Gnabri, Goretska, Myuller, Kimmix (Tolisso, 36), Koman (Sane, 69), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Kimmix (36), Dileyni (45), Levandovski (82), Vitsel (90+1).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid