Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechki va sirtqi ta'limda o‘qish qay tarzda tashkillashtiriladi? – mas'ul izohi
Oliy ta'lim muassasalarida joriy o‘quv yilini an'anaviy shaklda boshlash bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov kechki va sirtqi ta'limda o‘qish qay tarzda tashkillashtirilishi haqida gapirdi.
“Avvalroq kechki ta'limda kunlik 3-4 para darslarni 2 paragacha qisqartirish, ma'lum bir qismini onlaynga o‘tkazish masalasi ko‘tarilgan edi. Chunki kechki ta'lim ko‘p joylarda soat 18:00dan, tashkilotlarda ish tugaganidan keyin boshlanadi.
Bugungi kunda sirtqi va kechki ta'lim onlayn amalga oshiriladi. Agar oliy ta'lim muassasasining imkoniyati mavjud bo‘lsa, ya'ni kunduzgi smenalardan vaqtliroq joy qoladigan bo‘lsa, oliy ta'lim muassasasi buni o‘zi hal qiladi: kechki ta'limdagi talabalarni ham an'anaviy ta'limda, belgilangan, kechki vaqtda jalb qiladi”, - dedi u AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Mavzuga oid
21:19 / 28.07.2025
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi
13:37 / 17.06.2025
Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ham sirtqi ta’limga qabul amalga oshirilmaydi
11:14 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
20:45 / 06.05.2025