5 iyundan oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga öqişga kiriş uçun qabul boşlandi. Prezident farmoniga muvofiq, oliygohlar bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqiçda — «avval test, söng tanlov» tamoyiliga muvofiq amalga oşiriladi.
Prezidentning joriy yil 5 maydagi PF-76-son farmoniga köra 2025-2026 öquv yilidan boşlab ta’limning sirtqi şakliga qabul tugatildi. Mazkur talab davlat oliygohlari uçun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uçun ham birdek amal qiladi.
Sirtqi ta’lim şakliga qabul 2025-2026 öquv yilidan boşlab töxtatilgan bölsa-da, hozirda mazkur şaklda tahsil olayotgan talabalar uçun barça öquv jarayonlari belgilangan tartibda davom ettiriladi. Ya’ni, ular tanlagan yönalişlari böyiça amaldagi davlat ta’lim standartlari, öquv rejalari va fan dasturlariga muvofiq öqişni yakuniga yetkaziş imkoniyatiga ega.
Oliy ta’lim muassasalari uşbu talabalarga öquv maşğulotlarini sifatli taşkil etiş, zarur axborot-resurslar va amaliy maşğulotlar bilan ta’minlaş böyiça öz zimmalaridagi mas’uliyatni töliq bajarişi lozim. Bu esa har bir talaba uçun ta’lim sifatini ta’minlaş hamda mutaxassis sifatida yetarli bilim va könikmalarga ega bölib bitirişini kafolatlaydi.
Sirtqi ta’lim şaklida tahsil olib, belgilangan tartibda diplom olgan şaxslar Özbekiston qonunçiligiga muvofiq töliq oliy ma’lumotli mutaxassislar hisoblanadi. Ularga beriladigan diplom kunduzgi, keçki yoki masofaviy ta’lim şaklidagi diplomlar bilan teng yuridik kuçga ega.
Şu bois, bunday mutaxassislarni davlat yoki xususiy sektorda rasmiy işga qabul qilişda heç qanday huquqiy tösiq mavjud emas. Iş beruvçilar ularning ta’lim şaklidan kelib çiqib emas, balki egallagan bilim, könikma va professional salohiyati asosida baholaşi lozim.
2025-2026 öquv yilidan boşlab sirtqi ta’lim şakliga qabul töxtatilgan bölsa-da, işlab yurgan fuqarolarning oliy ta’lim oliş imkoniyatlari çeklanmaydi. Kelgusida kunduzgi ta’limga muqobil şakllar, jumladan, masofaviy, keçki va maqbullaştirilgan kunduzgi (part-time) ta’lim şakllari bosqiçma-bosqiç rivojlantirilib, ularga qabul körsatkiçlari kengaytirib boriladi.












