Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransuz radiosida xatolik tufayli qirolicha Yelizaveta ІІ va Pele “o‘lganga chiqarildi”
Fransiyaning RFI radiostansiyasi saytida xatolik tufayli hozirda hayot bo‘lgan 100ga yaqin taniqli shaxslar, jumladan Britaniya qirolichasi Yelizaveta ІІ va futbol “qiroli” Pelening “vafoti munosabati” bilan ta'ziyanomalar joylashtirdi.
Ta'ziyanomalar radiostansiya saytida 16 noyabrda joylashtirgan. Bir necha soatdan keyin ular o‘chirib tashlangan va radiostansiya ushbu “texnik xato” uchun barchadan uzr so‘ragan.
Radiostansiyada “o‘lganga chiqarilgan” taniqli shaxslar orasida Britaniya qirolichasi Yelizaveta ІІ, futbol “qiroli” Pele, aktrisalar Brijit Bardo va Sofi Loren, aktyorlar Alen Delon, Klint Istvud va Jan-Pol Belmondo, AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter, rassom Yoko Ono va modeler Per Karden bo‘lgan.
“Birlashgan qirollik bugun ertalab yetimlanib qoldi. Bukingem saroyi qirolicha Yelizaveta ІІ’ning vafot etganini rasman e'lon qildi. ... sanada vafot etgan qirolicha 2020 yil 21 aprelda 94 yoshga to‘lgan bo‘lardi”, deb aytilgan qirolicha nekrologida.
Radiostansiya qirolicha koronavirusdan vafot etgan holatda nekrologni “Butun dunyoda alg‘ov-dalg‘ovlik olib kelgan koronavirus pandemiyasi monarxlarga ham shafqat qilmayapti”, degan so‘zlar bilan boshlashni tavsiya qilgan.
Radiostansiya saytida umumiy hisobda 100ga yaqin hayot bo‘lgan insonlarga nekrologlar joylashtirilgan.
“Biz bu hodisaga taalluqli bo‘lganlardan ham, o‘z kuzatuvchilarimizdan ham uzr so‘raymiz. Xatoimizni tuzatish uchun barcha ishni qilamiz”, deb yozgan radiostansiya tvitterda.
Ta'kidlanishicha, ta'ziyanomalarning oldindan tayyorlab qo‘yilishi ko‘plab xorijiy OAVlar uchun odatiy amaliyot hisoblanadi. RFI’da izoh berilishicha, xatolik tahririyatning yangi tizimga o‘tishi vaqtida yuz bergan.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026