Jahon | 21:04 / 25.11.2020
7417
1 daqiqa o‘qiladi

Qizil dengizda neft tankeri minada portladi

Saudiya Arabistoni sohillari yaqinida neft tankeri minada portladi. Bu haqda Maritime xususiy qo‘riqlash firmasi ma'lum qilgan. 

Foto: Esam Omran Al-Fetori / Reuters

Portlash Qizil dengizda, Yaman chegarasi yaqinida 25 noyabr ertalab yuz bergan. Voqea oqibatida ekipaj a'zolariga shikast yetmagan, biroq tankerning suvdan chiqib turuvchi qismida yoriq paydo bo‘lgan. Kema Malta bayrog‘i ostida suzgan, uni gretsiyalik ekipaj boshqargan

Tankerga egalik qiluvchi kompaniyada ma'lum qilinishicha, kema noma'lum manba tomonidan hujumga uchragan. 

Kema 700 ming barrel neft tashiy oluvchi Aframax turidagi tanker bo‘lgan.

MarineTraffic portali ma'lumotlariga ko‘ra, tanker ayni vaqtda Saudiya Arabistonidagi Ash-Shukayk portida qolmoqda. U 17 kun avval Niderlandiyaning Rotterdam shahridan ushbu port tomon chiqqan bo‘lgan. 

Voqea Saudiya Arabistonining Saudi Aramco neft kompaniyasi obektlariga 23 noyabrda yamanlik husiychilar tomonidan amalga oshirilgan hujumdan keyin yuz berdi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid