Light | 23:41 / 27.11.2020
131118
1 daqiqa o‘qiladi

Immunitetni mustahkamlovchi uchta eng samarali modda ma'lum qilindi 

Immunitetni mustahkamlash uchun S va D vitaminlari hamda rux eng samarali moddalar hisoblanadi. Bu haqda Florida universitetining parhezshunoslik va ovqatlanish kafedrasi dotsenti Kristina Palasios ma'lum qildi. 

Foto: Pixabay

Mutaxassisning ta'kidlashicha, S vitamini infeksiyalarga qarshi kurashda yordam beruvchi leykotsitlar uchun muhim hisoblanadi. Organizmni viruslardan himoyalash masalasi dolzarb bo‘lgan qish vaqtida S vitaminiga boy mahsulotlar, jumladan, apelsinlar, greypfrutlar, qulupnay, pomidor va klyukva iste'mol qilish kerak.

Kam miqdordagi D vitamini kattalar va bolalarda nafas yo‘li kasalliklari rivojlanishi xavfi oshishi bilan bog‘langan. Shu sababli mutaxassis ushbu vitaminga ega qo‘shimchalarni shifokor bilan maslahatlashgan holda qabul qilishni tavsiya qilgan.

Immun tizimining faoliyatiga ta'sir ko‘rsatuvchi hujayralar normal rivojlanishi va faoliyat yuritishi uchun rux muhim ahamiyatga ega. Mutaxassisning ta'kidlashicha, organizmda ruxning yuqori miqdorda bo‘lishi viruslar ko‘payishiga to‘sqinlik qiladi. 

Mavzuga oid