Kuz faslida eng köp iste’mol qilinadigan sabzavotlardan biri – qovoq. U aslida kuçli biologik resurs hisoblanadi: past kaloriyaga ega hamda organizm bir neçta tizimlari uçun muhim mikroelementlar manbai. Uzoq muddat saqlanganda ham öz foydali xususiyatlarini yöqotmaydi, şu sababli kuzdan qişgaça bölgan davrda oilaviy dasturxonlarda uni uçratiş mumkin.

Qovoq soğlom ovqatlanişda alohida örin tutadi: şörva, bötqa, salat, hatto şirinliklar tarkibida ham işlatiş mumkin. Yumşoq, tez hazm böladigan va allergiya çaqirişi ehtimoli past bölgani uçun bolalar, keksalar va parhezda yuradiganlar ham bemalol iste’mol qilişi mumkin.

Beta-karotin: köriş qobiliyati va immunitetni mustahkamlovçi resurs

Qovoqning eng boy tarkibiy qismi – beta-karotin. Uşbu modda organizmga tuşgaç A vitaminiga aylanadi va:

  • köz şilliq qavati hamda tör pardasini oziqlantiradi;
  • tungi köriş qobiliyatini yaxşilaydi;
  • mavsumiy kasalliklarga immun javobni kuçaytiradi.

Oftalmologlar A vitamini tanqisligi köriş muammolarining keng tarqalgan omillaridan biri ekanini qayd etadi. Bu jihatdan qovoq profilaktika uçun arzon va qulay yeçim.

Fitosterollar va kaliy: yurak-qon tomir tizimining samarali faoliyati

Dunyoda yurak-qon tomir kasalliklari hanuz eng köp uçraydigan va ölimga olib keluvçi kasalliklar qatorida. Tibbiy tadqiqotlar şuni körsatadiki, töğri ovqatlaniş, xususan kaliy va ozuqaviy tolalarga boy parhez yurak salomatligini saqlaşda muhim rol öynaydi. Şu nuqtai nazardan, qovoq yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir körsatuvçi moddalar manbai sanaladi.

Uning tarkibidagi kaliy qon bosimini me’yorda uşlab turişga yordam beradi. Bu modda tomirlar devorini böşaştirib, yurak muşagining zöriqişini kamaytiradi va gipertoniya rivojlanişining oldini oladi. Şuningdek, qovoqda mavjud ozuqaviy tolalar xolesterin miqdorini pasaytirişga xizmat qilib, ateroskleroz xavfini kamaytiradi. Bu ayniqsa zamonaviy turmuş tarzida keng tarqalgan yuqori yoğli ovqatlaniş fonida alohida ahamiyatga ega.

Qovoq uruği tarkibidagi fitosterollar va Omega-3 yoğ kislotalari yurak muşagini qöllab-quvvatlaydi, yalliğlaniş jarayonlarini kamaytiradi hamda qon tomirlari elastikligini yaxşilaydi. Mazkur kombinatsiya qon aylanişini yaxşilab, yurak xuruji xavfini pasaytirişga yordam beradi. Bundan taşqari, qovoq uruğidagi rux moddasining ahamiyati ham yuqori bölib, u immunitetni mustahkamlaş, gormonal muvozanatni qöllab-quvvatlaş va erkaklar reproduktiv salomatligini yaxşilaşga xizmat qiladi.