PM2.5 deb ataluvçi mayda mikrozarraçalar hajmi şunçalik kiçikki, ular oddiy tibbiy niqoblardan ham osonlikça ötib ketadi va nafas bilan birga öpkaga yetib boradi. Organizmga kirgan zaharli moddalar birinçi navbatda nafas yöllarida yalliğlaniş jarayonlarini faollaştiradi: bronx va alveolalarda (öpkadagi eng kiçik havo pufakçalari bölib, ular orqali organizmga kislorod kiradi va karbonat angidrid çiqariladi) immun hujayralar favqulodda rejimga ötib, yalliğlaniş mediatorlarini köproq işlab çiqaradi.
Şu bilan birga, bu zarraçalar organizmdagi antioksidant zaxirasini tezda kamaytiradi: erkin radikallarni neytrallaş uçun kerakli C va E vitaminlari hamda boşqa himoya elementlari tez sarflanadi. Bular natijasida immun hujayralarning samarali işlaşi susayadi, organizm patogenlarga qarşi normal javob bera olmaslik holatiga moyil böladi va allergik reaksiyalar ham kuçayadi. Klinik jihatdan mazkur jarayonlar özini tez çarçoq, umumiy böşaşiş va zaiflik, boş oğriği, şuningdek, tez-tez şamollaş yoki davomiy yötal kabi belgilar bilan namoyon qiladi. Bir söz bilan aytganda, immunitet toza havo yetişmasligi hisobiga pasayadi. Quyida iflos havoda uni balansda uşlab turişga kömaklaşuvçi usullarni keltiramiz:
Antioksidantlar – organizm “himoya qalqoni”
Iflos havo tanaga kirganida oksidativ stressni kuçaytiradi, mazkur jarayon hujayralarni şikastlaydi, immun tizimini susaytiradi va yalliğlanişni kuçaytiradi. Bunday şaroitda organizm antioksidantlarga köproq ehtiyoj sezadi.
Antioksidantlar tananing biologik “himoya qalqoni”: ular erkin radikallarni zararsizlantirib, nafas yöllari va immun hujayralarini tiklaydi. Eng samarali manbalar sifatida yaşil bargli sabzavotlar (ismaloq, brokkoli, kaşniç), kök çoy, kivi, apelsin, limon kabi sitrus mevalar, şuningdek, yonğoq, bodom, pista va kök mevalar tavsiya etiladi. Zanjabil va kurkuma kabi tabiiy yalliğlaniş qaytaruvçi mahsulotlar ham öpkadagi şikastlanişni kamaytirib, himoya tizimini mustahkamlaydi. Antioksidantlarni muntazam va xilma-xil manbalardan qabul qiliş immun hujayralarining “jangga tayyor” holatda bölişini ta’minlaydi va iflos havo şaroitida tananing himoya kuçini qayta tiklaydi.
Suv – nafas yöllarining tabiiy filtri
Iflos havoda yurganda bronxlarimizga çang, tutun, oğir metall zarralari yopişib qoladi. Nafas yöllarining içki qavati esa şu zarraçalarni uşlab oladigan va tanadan çiqarib yuboradigan nozik şilimşiq qatlamga ega. Agar u quruqlaşsa çang töplanadi, yalliğlaniş kuçayadi, yötal va allergik simptomlar köpayadi.
Suv içiş bu jarayonni tubdan özgartiradi. Organizm yetarliça namlanganida şilimşiq qatlam “faol filtr”ga aylanadi: u çangni yuvib, havodan kirgan zararli moddalarni mukozadan tezroq çiqarib yuboradi. Şu sabab kuniga kamida 1,5–2 litr suv içing. Bu nafaqat çanqoqni qondiriş, balki bronxlarning tozaligi, immun tizimning mustahkamligi, virus va bakteriyalarga qarşi çidamlilik uçun eng sodda, eng arzon, eng samarali çoradir. Suv nafas yöllarini iflos havodan himoya qiladigan tabiiy “filtr”ni işga soladi: çangli kunlarda suv içişni unutiş immun tizimning özini himoyasiz qoldiriş bilan barobar.













