O‘zbekiston | 09:01 / 30.11.2020
5174
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmini oshirdi
Joriy yilning 1 noyabr holatiga O‘zbekiston qiymati 1,5 mlrd AQSh dollariga teng bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu yil 65ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan O‘zbekiston eksport hajmini o‘tgan yilning 10 oyiga nisbatan 209,9 mln AQSh dollariga oshirgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
- Rossiya – 543,6 mln;
- Xitoy – 325,9 mln;
- Qirg‘iziston – 223,9 mln;
- Turkiya – 174,4 mln;
- Polsha – 37,1 mln;
- Qozog‘iston – 34,9 mln AQSh dollari.
2020 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, to‘qimachilik mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan hududlar:
- Toshkent shahri – 244,7 mln;
- Andijon viloyati – 211,7 mln;
- Farg‘ona viloyati – 201,1 mln;
- Toshkent viloyati – 199,4 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid
09:40 / 23.10.2024
O‘zbekistondan Kuvaytga quruq mevalar eksporti hajmi oshiriladi
21:40 / 02.10.2024
Qirg‘iziston O‘zbekiston tufayli go‘sht eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy qilgani ma’lum bo‘ldi
20:58 / 19.09.2024
Marg‘ilonda “Atlas bayrami” xalqaro festivali boshlandi
10:20 / 19.09.2024