O‘zbekiston | 11:08 / 01.12.2020
16014
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yagona transport kartasi pullik bo‘ldi

Joriy yilning 1 dekabridan boshlab "Avtomatlashtirilgan transport to‘lov operatori" (ATTO) kompaniyasi tomonidan yagona transport kartasini 5000 so‘m narxida sotish aksiyasi tugatildi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 2020 yilning 1 dekabrdan boshlab shahardagi oylik yo‘l chiptalari sotish shoxobchalarida "Avtomatlashtirilgan transport to‘lov operatori" transport kartasining bahosi 15 000 so‘m deb belgilandi.

Ma'lumotga ko‘ra, ushbu miqdorga quyidagilar kirishi nazarda tutilgan:

  • karta narxi - 10 000 so‘m;
  • karta balansida - 5000 so‘m.

Mavzuga oid