Davlat boji va boshqa yig‘imlarni budjetga o‘tkazishning yagona tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma'muriyatchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan “Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan undirilgan davlat boji va boshqa yig‘imlarning budjet tizimiga tushumlarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
DSQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, nizomda davlat organlari va tashkilotlari tomonidan undirilgan davlat boji va boshqa yig‘imlarning budjet tizimiga tushumlarini hisobga olish, ya'ni budjetga o‘tkazib berishning yagona tartibi belgilandi.
Endi barcha davlat organlari va tashkilotlari davlat boji va boshqa yig‘imlarni hisoblab chiqish, undirish va budjetga o‘tkazib berish bo‘yicha bir xil tartibda ish olib boradi.
Undirilgan davlat boji va boshqa yig‘imlar bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan soliq organlariga hisobot topshirish tartibi hamda muddatlari aniq belgilandi.
Davlat boji va boshqa yig‘imlarni undiruvchi vakolatli organlar tomonidan o‘zi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan undirilgan davlat boji va boshqa yig‘imlari bo‘yicha hisobot taqdim etib boradilar.
Davlat organlari va tashkilotlariga davlat boji va boshqa yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblanishini, to‘liq undirib olinishini hamda o‘z vaqtida budjetga o‘tkazib berilishini ta'minlashlari va undirilgan mablag‘larni davlat budjetiga va vakolatli organlarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan nazorat o‘rnatish vazifasi yuklandi.
Davlat boji va boshqa yig‘imlar bo‘yicha tushumlar hisob-kitobini elektron shakldagi kitob orqali yuritish hamda ushbu kitobni bosqichma-bosqich billing tizimiga o‘tkazish vazifalari belgilandi.
Nizom O‘zbekiston diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan chet elda undiriladigan konsullik yig‘imlariga, bojxona organlari tomonidan xorijiy davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun undiriladigan yig‘imlarga tatbiq etilmaydi.
Mavzuga oid
17:14 / 01.12.2024
Rossiyada urush xarajatlari rekord darajada ko‘p bo‘lgan budjet tasdiqlandi
13:32 / 22.11.2024
Duma 2025 yilgi budjetni urushga rekord xarajatlar bilan qabul qildi
13:44 / 21.11.2024
2025 yilda budjet taqchilligi qanday qoplanadi?
15:24 / 02.11.2024