Sport | 03:07 / 06.12.2020
6364
1 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Barselona» safarda «Kadis»ga yutqazdi

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionatining 12-turida «Barselona» safarda «Kadis»ga imkoniyatni boy berdi va mehmondagi g‘alabasiz seriyasini 4ta o‘yinga yetkazdi.

Eslatib o‘tamiz, «Kadis» ushbu mavsumda avvalroq «Real»ni (1:0) ham mag‘lub etgandi.

«Kadis» 18 ochko bilan 5-o‘ringa chiqib oldi. 14 ochkosi bor «Barselona» esa 7-pog‘onaga joylashgan.

La Liga, 12-tur

Kadis – Barselona 2:1
5 dekabr, «Ramon de Karransa»
Gollar: Ximenes (8), Negredo (63) – Alkala (57, avtogol).
Kadis – Ledesma, Karselen, Espino, Fali Ximenes, Markos Mauro (Alkala, 31), Bodijyer, Yonsson (Augusto Fernandes, 80), Aleks Fernandes, Iskerdo (Alexo, 81), Perea (Adekane, 80), Ximenes (Negredo, 62). 
Barselona – ter Stegen, Langle, Alba, Dest (Trinkau, 77), Mingesa (Pedri, 46), Buskets (Pyanich, 78), Koutino (Dembele, 46), de Yong, Grizmann, Messi, Breytueyt.
Ogohlantirishlar: Langle (61), Alba (86).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid