Jahon | 08:40 / 06.12.2020
2321
1 daqiqa o‘qiladi

Lufthansa aviakompaniyasi 30 ming ish o‘rnini qisqartiradi 

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi 2020 yil oxirigacha xorijdagi xodimlarini 20 mingga qisqartirmoqchi hamda o‘zining bort oziq-ovqati bilan shug‘ullanuvchi LSG bo‘linmasini sotib yubormoqchi. Kompaniyaning ushbu bo‘linmasida 7,5 ming kishi ishlaydi.    

Foto: EPA/Vostock-photo

Bild am Sonntag nashrining xabar berishicha, Lufthansa’ning shu'ba kompaniyalari - Eurowings, Swiss, Austrian va Brussels Airlines pandemiya ortida parvozlarga talab pasaygani sababli reyslar, samolyotlar parki va xodimlarini qisqartirmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ichki reyslarga xizmat ko‘rsatuvchi German airline 2021 yilda 10 ming ish o‘rnini qisqartirishi mumkin. 

Noyabrda kompaniya bosh direktori  Karsten Shpor aviakompaniya maoshlar va imtiyozlarni qisqartirish hisobiga xodimlarini bo‘shatmaslikka va'da berganiga qaramay, kompaniyaning hozirgi sharoitda ortiqcha xodimlari soni 27 ming nafarni tashkil qilishini ma'lum qilgan.

Lufthansa’ning kapitallashuvi yil boshidan beri 53 foizga kamayib ketib, hozirda 4,8 mlrd yevroni tashkil qilmoqda. 

Nashrning yozishicha, aviatashuvlar pandemiyagacha bo‘lgan darajaga faqatgina 2025 yilga kelibgina chiqa oladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid