Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonun e'lon qilindi
Ushbu Qonun 2019 yilda qabul qilingan, prezident tomonidan 2020 yil 18 noyabrda imzolangan, yarim yildan keyin kuchga kiradi.
Norma’ning yozishicha, hujjatda quyidagilar tartibga solinadi:
Milliy gvardiyaning huquqiy maqomi va asosiy vazifalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorligi;
Milliy gvardiya faoliyatini tashkil etish – tizimi, bo‘ysunishi va hisobdorligi masalalari, mansabdor shaxslarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish, Milliy gvardiya hay'ati tarkibi va maqomi;
harbiy xizmatchilar va xizmat xodimlar tomonidan xizmat o‘tash tartibi va shartlari – xizmatga qabul qilish va qasamyod qilish, harbiy xizmatchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jihatlari, xizmatdan bo‘shatish va xizmatga tiklash, xizmat muddatlari va ularni uzaytirish uchun asoslar, shuningdek harbiy va maxsus unvonlar berish;
Milliy gvardiyaning huquq va majburiyatlari;
harbiy xizmatchilar (xodimlar) tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni, o‘qotar qurolni qo‘llash, tashkilotlarning va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish;
harbiy xizmatchilarni va xodimlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek ularning sog‘lig‘ini saqlash, uy-joy maydoni bilan ta'minlash, pensiya ta'minoti va boshqalar.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining va xodimining o‘z vakolatlari doirasida qo‘yilgan qonuniy talablari barcha davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir. Shuningdek zarur bo‘lgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar ularning qonuniy talabi bo‘yicha bepul taqdim etiladi. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi va xodimining qonuniy talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning bajarilishini to‘xtatib turmaydi.
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari xizmatni o‘tash vaqtida daxlsizlik huquqiga ega bo‘ladi. Ular tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
Shu bilan birga, harbiy xizmatchilar (xodimlar) qonunga xilof harakatlari yoki harakatsizligi, xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi. Xususan, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rni Milliy gvardiya tomonidan budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qoplanishi lozim bo‘lib, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Hujjat 20.05.2021 yildan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
17:49 / 23.10.2024
Senat yangi tahrirdagi “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
18:34 / 04.10.2024
Kreativ iqtisodiyot sohalaridagi faoliyat yo‘nalishlari qonun bilan belgilandi
14:21 / 02.10.2024
Oilaviy zo‘ravonlikdan jabrlanganlar ehtiyojmand aholi toifasiga kiritiladi
13:08 / 21.09.2024