Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarmoqning yubileyi sharafiga Makro 10 foiz chegirma sovg‘a qiladi!
O‘zining 10 yilligi munosabati bilan Makro supermarketlar tarmog‘i bayram aksiyasini boshlamoqda: barcha do‘konlarda, mutlaqo hamma narsaga, har bir tashrif buyuruvchimiz foydalanishi mumkin bo‘lgan 10 foiz chegirma!
Faqat 11 dekabr kuni, tarmoq filiallarida taqdim etilgan barcha assortiment 10 foiz chegirma bilan kassadan o‘tkaziladi. Ye-Makro sodiqlik tizimi bu kuni faqat oldindan to‘plangan ballarni yechib olish uchun ishlatilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Makro tarmog‘ida quyidagi shaharlarda joylashgan 76 ta supermarket mavjud
Andijon, Farg‘ona, Namangan, Qo‘qon, Rishton, Oltiariq, Marg‘ilon, Asaka, Taraqo‘rg‘on, Shahrixon, Buvayda, Xonobod, Izboskan, Qarshi, Navoiy, Shahrisabz, Samarqand, Toshkent va Toshkent viloyati tumanlari: Yangiyo‘l, Zangiota, Chirchiq, Qibray, To‘ytepa. Tarmoqning 18ta filiali kun-u tun va 18tasi Express formatida ishlaydi.
Aytgancha, 4 dekabr kuni tarmoq o‘zining Buxorodagi birinchi supermarketini ochdi, yil oxiriga qadar esa shaharda yana ikkita filial ochilishi rejalashtirilgan.
Aksiya butun tarmoq bo‘ylab o‘tkaziladi.
Katta mutaxassislar jamoasi, narx siyosati, xizmat ko‘rsatish va yetkazib berish xizmati, qulay sodiqlik tizimi, filiallarning kun-u tun ishlashi – bularning barchasi Makro o‘z xaridorlariga yaqinroq bo‘lishiga yordam beradi. Bayramni kompaniyamiz bilan birga o‘tkazing, o‘zingizni yubiley to‘lqiniga sozlang!

Makro – 10 yil siz bilan birga!
Sayt: makromarket.uz
Feysbuk: makromarket.uz
Telegram: t.me/makrosupermarket
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
10:59 / 06.05.2026
Milliy bog‘ ko‘chasida «Makro Yangi Zamon» ochilmoqda
17:55 / 11.08.2023
Makro “Omadli xaridor” aksiyasi yakunlarini sarhisob qildi
15:58 / 24.07.2023
Makro 700 ta ommabop tovarlarga narxlarni tushirdi
16:16 / 20.07.2023