Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden o‘z inauguratsiyasini virtual tarzda o‘tkazishni rejalashtirmoqda
Foto: EPA
Jo Baydenning AQSh prezidenti sifatidagi inauguratsiyasi koronavirus pandemiyasi sababli virtual tarzda o‘tkaziladi. Bu haqda CNN telekanaliga kongressmen Jyeyms Klaybern ma'lum qildi.
Klaybern 2021 yil 20 yanvarda inauguratsiyani tashkillashtiradigan qo‘mita raislaridan biri etib tayinlandi. Uning ta'kidlashicha, tadbir Demokratik partiyaning avgustda Miluoki shahrida o‘tgan saylovoldi qurultoyi kabi formatda o‘tadi.
“Fikrimcha, prezident qasamyodni an'anaviy ravishda keltiradi, biroq bu safar inauguratsiyaning 75-80 foizi virtual tarzda o‘tadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Klaybern.
Bayden o‘tgan hafta inauguratsiya marosimini o‘tkazishda koronavirusga qarshi choralarga alohida e'tibor qaratish lozimligini aytgandi.
Shuningdek, Bayden Vashingtonga uyi joylashgan Uilmington shahridan poyezdda kelishi imkoniyati ko‘rib chiqilayotgani ma'lum qilingan. Oq uyning saylangan prezidenti Delaver shtatidan senator bo‘lganda ishiga aynan shu tarzda qatnagan.
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025