Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bolalar uchun yangi telekanal ochiladi
“Aqlvoy” nomli bolalar ko‘ngilochar-ma'rifiy telekanali tashkil etiladi. Bu yangi qabul qilingan “Ixtisoslashgan bolalar ko‘ngilochar-ma'rifiy telekanalini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarorida belgilab qo‘yilgan.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, telekanalning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishi ma'lumotni qiziqarli va tushunarli shaklda taqdim etish orqali bolalarning bilim olish faolligini rag‘batlantirish, intellektual va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Ma'lum qilinishicha, yangi telekanal o‘zini-o‘zi moliyalashtirish asosida faoliyat yuritadi.
Shuningdek, “Edumedia Corporation” MChJ qoshida yuridik shaxs tashkil etmasdan ta'sis etiladi. Respublikaning barcha hududlarida yetkaziladigan umumfoydalanishdagi ijtimoiy raqamli teleeshittirishlar paketi tarkibiga kiritiladi.
Mavzuga oid
14:31 / 03.07.2025
«Sevimli» telekanali mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
16:54 / 20.01.2025
O‘zbekiston telekanallari Turkmanistonda namoyish etiladi
14:30 / 14.10.2024
Gurjiston TV-kanallari hukmron partiya roligini ko‘rsatishdan bosh tortdi
09:39 / 28.09.2024