Germaniya bojxona organlari Karlsrue prokuraturasi topşiriğiga köra, Internet orqali mamlakatda taqiqlangan RT (sobiq Russia Today) va "Rossiya 1" kabi Rossiya telekanallarini Germaniyaga retranslatsiya qilgan noqonuniy striming xizmati faoliyatini töxtatdi. Bu haqda 27 sentabr, juma kuni AFP va Südwestrundfunk xabar berdi.

Xizmatni Karlsruedan ikki yildan ortiq vaqt davomida 37 yoşli erkak va uning 42 yoşli ukrainalik rafiqasi boşqargan. Tintuv çoğida ulardan retranslatsiya uskunalari, yozma dalillar va 40 ming yevro naqd pul musodara qilindi. Bundan taşqari, er-xotinning noqonuniy strimingdan olgan 120 ming yevro miqdoridagi daromadi musodara qilindi va ular işlatgan internet domeni bloklandi, deyiladi prokuratura xabarida.

Sanksiyalarni buzgani uçun er-xotin kamida bir yil qamoq jazosiga hukm qilinadi.

GFR va YeIda Rossiya taşviqot telekanallari taqiqlanişi

Germaniyada radio va teledasturlar davlat regulyatori - Lisenziyalaş va nazorat komissiyasi 2022 yil 2 fevralda RT DE telekanalining Germaniyada translatsiyasini taqiqladi. Idora tuşuntirişiça, telekanalning mamlakat hududida translatsiya qiliş uçun litsenziyasi yöq, bu amaldagi qonunçilikka muvofiq talab qilinadi. Öşa yilning 1 martida YeI Kengaşi RT English, RT UK, RT Germany, RT France, RT Spanish va Sputnik efirini translatsiya qilişni taqiqlaş töğrisida qaror qabul qildi, çunki bu telekanallar Yevropa Ittifoqida jamoat tartibi va xavfsizligiga tahdid soladi.

2022 yil dekabrida Rossiyaga qarşi sanksiyalarning töqqizinçi paketi doirasida YeI Kengaşi NTV/NTV "Mir", "Rossiya 1", ReN TV va Birinçi kanalning körsatuv litsenziyalarini töxtatib qöydi. "Uşbu ommaviy axborot vositalari Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining doimiy bevosita yoki bilvosita nazorati ostida bölib, ular Rossiyaning tajovuzini qonuniylaştiradigan va Ukrainani qöllab-quvvatlaşga putur yetkazadigan dezinformatsiya va harbiy taşviqotning uzluksiz va kelişilgan harakatlari uçun foydalaniladi", deya ma’lum qilgandi YeI Kengaşi.