Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Profilaktika inspektorini kafeda do‘pposlagan shaxslar qamoqqa olindi
Foto: O‘ZBeKISTON ReSPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
2020 yilning 29 noyabr kuni tungi soat 01:00larda Guliston shahar IIO FMB 3-son IIB navbatchilik qismining Bahor mahallasi Toshkent yo‘li ko‘chasida joylashgan “Safina” nomli kafeda janjal bo‘layotganligi haqidagi xabariga asosan, ushbu mahalla profilaktika inspektori voqea joyiga yetib borgan.
Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, profilaktika inspektori Guliston shahar IIO FMBda ma'muriy nazoratda turuvchi, “Safina” kafesi ish yurituvchisi bo‘lib ishlovchi fuqaro D.S. hamda uch nafar notanish shaxs birgalikda spirtli ichimlik iste'mol qilib o‘tirganligini ko‘rib, ma'muriy nazorat ostida turgan D.S.ning ma'muriy nazorat qoidalarini buzib, spirtli ichimlik iste'mol qilib o‘tirganligi sababli ular o‘tirgan joyni o‘zining telefon apparati bilan fotosuratga olib, holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirish uchun ularga 3-sonli IIBga borishni taklif qilgan.
Shu vaqtda, uning oldiga mast holatda bo‘lgan fuqaro K.L. hamda ma'muriy nazorat ostida bo‘lgan D.S. kelib, birgalikda xodimga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lib, ikkalasi profilaktika inspektorining bosh, yuz qismi va badanining turli joylariga urib-tepib tan jarohati yetkazishgan hamda profilaktika inspektorining telefon apparatini olib, yerga urib sindirib, yaroqsiz holatga keltirishgan.
Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan fuqarolar K.L. va D.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida Jinoyat protsessual kodeksning 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:11 / 17.07.2025
Haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga pul talab qilgan inspektor ushlandi
20:58 / 09.07.2025
Sirdaryoda prokuror o‘rinbosari ushlandi
07:49 / 19.03.2025
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari IIVga o‘tkazildi
09:52 / 28.02.2025