Sirdaryo viloyati Guliston tumanida xalq deputatlari tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi ötkazildi.
Tahliliy-tanqidiy ruhda ötgan sessiya işida viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Erkinjon Turdimov iştirok etdi.
Erkinjon Turdimov öz nutqida tumanda kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini ta’minlaş, yangi investitsion loyihalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş, eksport hamda qator sohalar böyiça qoloqlikka yöl qöyilayotganligini ta’kidlab, tumanni rivojlantiriş, aholi farovonligini oşiriş borasida tuman birinçi rahbarining harakatlari yetarli emasligini bildirdi.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Şu kunga qadar tuman hokimi lavozimida işlab kelgan Ölmas Mamadaminov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Deputatlar tomonidan şu kunga qadar tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari – iqtisodiyot va moliya bölimi boşliği lavozimida faoliyat olib borgan Olim Jörayev nomzodi tuman hokimi vazifasini bajaruvçi etib tasdiqlandi.
Ma’lumot örnida, O.Jörayev 1982 yilda Sirdaryo viloyati Guliston tumanida tuğilgan. 2004 yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodçi.












