Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Myanma bilan chegarada 2 ming kilometrlik devor qurmoqda - OAV
Xitoy Myanma bilan chegarada kuzatuv kameralari va dinamiklar bilan jihozlangan devor qurilishini olib bormoqda. Bu haqda ushbu hafta bir nechta xorijiy OAV xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, devorning 660 kmlik birinchi qismi qurib bo‘lingan. Ta'kidlanishicha, “Janubiy Buyuk Xitoy devori” shartli nomini olgan loyihani 2022 yil oktyabrigacha yakunlash rejalashtirilgan. Biroq Xitoy hukumati ushbu qurilish bo‘yicha rasmiy bayonotlar bermagan.
The Times nashrining xabar berishicha, faqat sentyabrda “Jenmin jibao” nashrida Yunnan provinsiyasida Xitoy koronavirusning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida “mamlakatga noqonuniy kirish va uni tark etish oldini olish uchun” to‘siqlar qurilgani ma'lum qilingan.
Radio Free Asia (RFA) Birma saytlariga tayanib ushbu devorning suratlarini e'lon qilgan. Suratlarga ko‘ra, devor 2x3 metrlik seksiyalardan iborat metall panjaradan iborat bo‘lib, ular usti tikanli sim bilan o‘ralgan. Ta'kidlanishicha, qurilish yakunlangandan keyin devor orqali elektr tok o‘tkaziladi, infraqizil nurlanishli datchikka ega kuzatuv kameralari hamda devorga yaqin kelish xavfli ekanidan ogohlantiruvchi dinamiklar o‘rnatiladi.
【中缅边境再建“长城” 防止国民外逃】
— 自由亚洲电台 (@RFA_Chinese) December 14, 2020
今年年初,中国政府在云南中缅边境地区建造围墙,以阻隔国民偷越国境。缅甸北部果敢族近期在境外社交平台披露,为防止中国民众外逃缅甸,代号“南方长城”的缅中边境隔断一期工程全部完工。长度660公里。另有云南畹町人称,官方于今年初已开始动工建墙。#前30年 pic.twitter.com/iZBllk77Ui
Myanmaning ushbu devor o‘tgan chegaraoldi aholisi RFA’ga bergan intervyusida devor paydo bo‘lgandan keyin Xitoy va Myanma o‘rtasida norasmiy aloqalar va chegaraoldi hududlar aholisining bir-birini o‘zaro iqtisodiy qo‘llab-quvvatlashi to‘xtaganini ma'lum qilgan. Ekspertlarning ta'kidlashicha, ushbu devor nafaqat xitoyliklarga chegarani bemalol kesib o‘tib, Myanmada biznes yuritishlariga imkon bermaydi, balki dissidentlarni Xitoydan qochish imkonidan mahrum etadi.