Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boulevard Business Center biznesingizning nufuzini aks ettiradi
Dream City Development kompaniyasi Boulevard biznes markazidagi ta'mirlangan, yuqori klassdagi ofis joylari haqida hikoya qiladi.
Endilikda kompaniyangiz ehtiyojlariga to‘liq javob beradigan ofisni tanlash va mustaqil ravishda rejalashtirish imkoniyati mavjud. Boulevard – bu Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi hududidagi zamonaviy biznes markazidir. Poytaxt ishbilarmonlik markazidagi foydali joylashuv kompaniyangizga mamlakatning yirik moliya markazidan ikki qadamlik masofada bo‘lish imkoniyatini beradi. Xalqaro darajadagi mehmonxonalar, kongresslar zali, yetakchi banklarning ofislari va xalqaro vakolatxonalar sizning ofisingiz yaqinida joylashgan bo‘ladi. Shubhasiz, bunday afzallik xorijiy va mahalliy sheriklaringiz tomonidan yuqori baholanadi.

Biznes markazining zamonaviy konsepsiyasi futuristik uslubda qurilgan. Ikki qavatli bino g‘ayrioddiy dizayni bilan barchaning e'tiborini tortadi va atrofdagi me'moriy landshaftdan ajralib turadi.
Biznes markazning ikkinchi qavatida 16 ta ofis joylashgan. Umumiy xollda resepshen mavjud. Binolar diqqatingizni tortadi, bu yerda har bir obekt o‘ziga xosdir. Boulevard ko‘plab zamonaviy biznes markazlaridan farqlanadi. Unda cheklangan miqdordagi joylarga ega bo‘lgan xususiy biznes-maydonlar mavjud. Binolarning shift balandligi 5 metrni tashkil etadi va maydoni 75 dan 159 kvadrat metrgacha farqlanadi. Ofislar yuqori sifatli ta'mirlangan holda sotuvga chiqariladi. Shu bilan birga, joy egalari makonni qayta loyihalashtirishlari ham mumkin.

Biznes markazi eng zamonaviy muhandislik-texnik tizimlar bilan jihozlangan. Ular orasida yuqori darajadagi markaziy shamollatish va havoni tozalash tizimi, Shveytsariyaning Shindler kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan lift o‘rnatiladi. Biznes markazida o‘zining yerosti avtoturargohi mavjud.
Biznesingiz uchun mukammal ofisni topish ko‘p vaqt va barcha detallariga diqqat bilan e'tibor berishni talab qiladi. Nufuzli joy har qanday muvaffaqiyatli loyihaning tashrif qog‘ozi hamda shubhasiz, kelajakka foydali sarmoyadir. Boulevard biznes markazida joy egasiga aylanib, siz «blansh-karta»ga ega bo‘lasiz. Ko‘chmas mulk sohasidagi xalqaro mustaqil ekspertlarning prognozlariga ko‘ra, loyiha yuqori investitsiya salohiyatiga ega. Shu sababli, siz biznes yuritasizmi yoki foyda olish uchun sarmoya kiritasizmi, Boulevard Business Center sarmoyangizning yuqori rentabelligini kafolatlaydi.

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22
Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.
Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM
Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.
Sayt: dreamcity.uz
Telegram: t.me/dreamcityuz
Facebook: fb.com/dreamcity.uz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
15:00 / 10.11.2025
Chorvoq Darvozasi turar joy majmuasida O‘zbekiston Milliy banki va yetakchi developerlardan biri - Dream City kompaniyasi tantanali kalit topshirish marosimini o‘tkazdi
11:00 / 03.07.2025
Chorvoq Darvozasi – istiqbolli ko‘chmas mulk sarmoyasi
15:00 / 24.06.2025
Chorvoq Darvozasi - O‘zbekistondagi tog‘li hududdagi yangi turdagi turar-joy majmuasi
15:00 / 03.06.2025