O‘zbekiston | 15:00 / 10.11.2025
6484
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Chorvoq Darvozasi turar joy majmuasida O‘zbekiston Milliy banki va yetakchi developerlardan biri - Dream City kompaniyasi tantanali kalit topshirish marosimini o‘tkazdi

8 noyabr kuni, Chorvoqning go‘zal tog‘li hududida joylashgan Chorvoq Darvozasi turar joy majmuasi hududida eng yorqin va kutilgan voqealardan biri - xonadon egalari uchun kalitlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Dream City

Tadbir Dream City Development kompaniyasi tomonidan, loyiha ishonchli moliyaviy hamkori — O‘zbekiston Milliy banki ko‘magida tashkil etildi. Mustahkam hamkorlik va umumiy maqsadlar tufayli ushbu kun nafaqat yangi ko‘chib kelayotgan aholi uchun, balki loyiha ustida ishlagan butun jamoa uchun ham alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

Kalitlarni topshirish marosimi ishonch va minnatdorlik ramziga aylandi — Chorvoq Darvozasi’ni tanlagan mijozlarga minnatdorlik sifatida O‘zbekiston Milliy banki hamkorligida avtomobil yutug‘i tashkil etildi.

Bayram dasturi Dream City Development vakillarining tabrik so‘zlari bilan boshlandi. Ular ta’kidladilar: Chorvoq Darvozasi — bu Chorvoq tog‘larida kadastr hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilgan va ko‘chib kirishga tayyor birinchi turar joy majmuasidir.

Tadbir davomida o‘zbek estradasi yulduzlarining chiqishlari, rang-barang shou dastur va majmua hududidagi Wyndham Garden mehmonxonasida o‘tkazilgan furshet kechani yanada boyitdi. Bayramning yakuni markaziy maydonda o‘tkazilgan mapping-shou bilan bezatildi — yorug‘lik va his-tuyg‘ular tog‘li tunni yanada go‘zalashtirdi.

Chorvoq Darvozasi — bu oddiy yashash joyi emas, balki zamonaviy makon bo‘lib, unda shahar qulayligi va Chorvoq tabiatining uyg‘unligi mujassam. Majmua hududidagi xonadonlar 24 dan 142 m2 gacha bo‘lgan turli maydonga ega bo‘lib, yashash uchun to‘liq tayyor. Obodlashtirilgan hududda bolalar va sport maydonchalari, sayr zonalari hamda rivojlangan infratuzilma mavjud.

Loyihaning muhim qismlaridan biri bu Wyndham Garden mehmonxonasi bo‘lib, u majmuaga zamonaviy kurort darajasini berdi. Eng kichik yashovchilar uchun 800 m2 dan ortiq maydonga ega xavfsiz o‘yin zonalari bilan jihozlangan katta bolalar maydonchasi yaratilgan.

Bugungi kunda majmua hududida mashhur xalqaro va mahalliy brendlar ochilish arafasida: KFC, Costa Coffee, BON, Safia, Papa John’s va boshqalar. Bu esa Chorvoq Darvozasi’da hayotni yanada qulay va sermazmun qiladi.

Bo‘lajak xaridorlar uchun qulay xarid shartlari taklif etiladi — O‘zbekiston Milliy banki ko‘magida 24 oygacha bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.

Eng muhimi — Chorvoq Darvozasi’dagi xonadon bilan birga siz oshxona mebeli, sovg‘a vaucheri va aynan siz orzu qilingan avtomobilning navbatdagi baxtli egasiga aylanishingiz mumkin.

Chorvoq Darvozasi — bu Chorvoq tog‘lari bag‘rida yangi hayotga kalitingiz.

Aloqa uchun:

Savdo ofisining manzili: Furqat ko‘chasi, XIM "Tashkent City", 1-blok.

Website : dreamcity.uz

Instagram : @dreamcity.uz

+998 71 202 22 22

Reklama huquqi asosida

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin

Mavzuga oid