Jahon | 21:44 / 24.12.2020
6856
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ittifoqi va Britaniya Brexit bo‘yicha kelishuvga erishdi

Yevropa ittifoqi va Britaniya uzoq davom etgan muzokaralardan keyin Brexit’dan keyingi munosabatlar bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Foto: REUTERS/Toby Melville/File Photo

“Biz nihoyat kelishuvga erishdik. Bu uzoq va notekis yo‘l bo‘ldi, biroq biz endi yaxshi kelishuvni taqdim qila olamiz”, deb aytgan Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen.

Uning aytishicha, ushbu kelishuv “kurashish uchun arzirli” edi va u Yevropa ittifoqi manfaatlariga javob beradi. 

“Bu halol, muvozanatlashgan kelishuv bo‘ldi”, deb ta'kidlab o‘tgan Yevrokomissiya rahbari. 

“Bizga ko‘pchilik pandemiya keltirib chiqargan chaqiriqlar oldimizda turgan vazifani bajarib bo‘lmas qilishi va o‘tish davrini uzaytirishimiz kerakligini aytdi. Men bu yondashuvni oddiygina sabab – koronavirusga qarshi kurash biz uchun ustuvor vazifa ekani va men ortiqcha mavhumlikdan qochishni istaganim uchun rad etdim”, deb izoh bergan kelishuv erishilishiga Britaniya bosh vaziri Boris Jonson.  

“Kelishuv – Britaniyaning barcha qismidagi oilalar va kompaniyalar uchun ajoyib yangilikdir. Biz nol qiymatdagi bojlar va nol qiymatdagi kvotalarga asoslangan savdo haqidagi ilk kelishuvni imzoladik”, deb aytilgan Britaniya hukumati bayonotida. 

Dauning-stritda ta'kidlanishicha, Britaniya kelishuv doirasida chegara, savdo, sud tizimi va baliq ovlanuvchi suv hududlari ustidan nazoratni o‘ziga qaytardi.

“Kelishuv kvotalar va bojlarsiz, ikki tomonning dengiz va havo hududlariga cheksiz kira olish va dengiz zaxiralariga muvozanatlashgan egalik qilishni ko‘zda tutadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Yevropa ittifoqining Brexit bo‘yicha bosh muzokarachisi Mishel Barne.

2020 yil oxirida Brexit bo‘yicha o‘tish davri o‘z nihoyasiga yetadi va Britaniya 2021 yil 1 yanvarda Yevropa ittifoqidan chiqish jarayonini yakunlaydi. 

Mavzuga oid